Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

AvtoVAZ O‘zbekistonda Lada Vesta yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyLogotip Lada
Logotip Lada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
AvtoVAZ O‘zbekistonda Lada Vesta yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi - AvtoVAZ rahbari.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. AvtoVAZ O‘zbekistonda Lada Vesta yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi Bu haqda kompaniya bosh direktori Maksim Sokolov “Innoprom. Markazi Osiyo” ko‘rgazmasida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonlik hamkorlarimiz va men avtomobillarimizni yig‘ishni qayta tiklash bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ahamiyatlisi, bu yangi avlod Lada Vesta flagman modellari bo‘ladi, - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Innoprom” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0