Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

Sverdlovsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Farg‘onaga keldi

© O‘zASverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya Farg‘onaga keldi
Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya Farg‘onaga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
Bugun rasmiy uchrashuvlar doirasida Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya kecha Farg‘onaga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bugun rasmiy uchrashuvlar doirasida Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Farg‘ona viloyati hamda Sverdlovsk viloyati o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanadi.
Sverdlovsk delegatsiyasi a’zolari kecha tashrif dasturini “Vatanparvarlar bog‘i”da joylashgan Motamsaro ona haykalini ziyorat qilish bilan boshlashdi. Yevgeniy Kuyvashev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Delegatsiyaning boshqa a’zolari ham haykal poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi.
Urallik mehmonlar Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan ekoshahar hududida bo‘lib, majmua qurilish ishlari bilan tanishdi. Massiv hududida tashkil etilgan 70 gektarlik “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Yevgeniy Kuyvashev va boshqa rasmiy mehmonlar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0