OFK prezidenti O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganini aytdi

© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet S prezidentom AFC obsujdeni novie perspektivi razvitiya futbola
S prezidentom AFC obsujdeni novie perspektivi razvitiya futbola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining futbolni rivojlantirishga qaratilgan qarori O‘zbekistonda ushbu sport turini yanada ommalashtirishga ulkan turtki bo‘lishi qayd etildi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, O‘FA vitse-prezidenti Azizbek Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va OFK delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston prezidentining futbolni rivojlantirishga qaratilgan qarori O‘zbekistonda ushbu sport turini yanada ommalashtirishga ulkan turtki bo‘lishi qayd etildi.
“OFK bilan hamkorligimiz yangi bosqichga chiqayotganidan mamnunmiz”, — dedi O‘FA prezidenti.
O‘z navbatida Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O‘zbekiston OFK uchun mintaqadagi eng yaqin hamkor ekanligini e’tirof etdi.
“O‘zbekistonni mintaqada salohiyati va imkoniyatlari yuqori bo‘lgan ishonchli hamkor sifatida bilamiz. Davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida yurtingizda futbol o‘sib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Hayotga tatbiq etayotgan rejalaringiz o‘z samarasini berayotganini yoshlaringiz chempion bo‘lganidan ham bilib olish mumkin”, — dedi OFK rahbari.
Uchrashuv davomida kelgusi yillarda bir nechta Osiyo musobaqalari va tadbirlarini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi ilgari surildi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0