Ramazon hayiti munosabati bilan maktablar ham 4 kun dam oladi

© Agentstvo Prezidentskix obrazovatelnix uchrejdeniyUcheniki prezidentskix shkol v Uzbekistane
Ucheniki prezidentskix shkol v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari barcha maktab va bog‘chalarda o‘quv jarayonlari bo‘lmaydi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan maktablar ham 4 kun dam oladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari mamlakatdagi barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmaydi.
O‘quv jarayonlari 25-apreldan boshlanadi.
“Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 4-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tilishi tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti munosabati bilan mamlakat aholisi 21, 22, 23 va 24-aprel kunlari dam oladi.
Yangiliklar lentasi
0