Ramazon hayiti kuni poytaxtda maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

© Press-slujba AO "Toshshaxartransxizmat".Avtobus AO "Toshshaxartransxizmat"
Avtobus AO Toshshaxartransxizmat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Ramazon hayiti kuni poytaxtda maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ramazon hayitining aniq sanasi ma’lum bo‘lishi bilan uni Telegram kanalimizda e’lon qilamiz. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
“Poytaxtimizda joylashgan masjidlarda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida, maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0