Hayit namozi o‘qilishi sabab Toshkentda qator ko‘chalar yopiladi — manzillar

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKurban xayit v Tashkente.
Kurban xayit v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Obuna bo‘lish
Hayit namozi poytaxtdagi 116 ta masjidda o‘qiladi. Masjidlar atrofidagi ko‘chalar soat 00:00 dan 7:30 gacha yopiladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Hayit namozi o‘qilishi sabab Toshkentda qator ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21-aprel poytaxtning qator ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Ramazon hayiti namozi soat nechada o‘qiladi — jadval
Hayit namozi poytaxtdagi 116 ta masjidda o‘qiladi. Masjidlar atrofidagi ko‘chalar soat 00:00 dan 7:30 gacha yopiladi.
Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati:
Bektemir tumani
“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Mirzo Ulug‘bek tumani
"To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.
Mirobod tumani
“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.
Olmazor tumani
“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi - KXAY– Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Nurafshon - Sag‘bon ko‘chalari kesishmasigacha.
"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari kesishmasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasigacha.
Shayxontohur tumani
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
"Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor shoh ko‘chasi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari kesishmasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari kesishmasigacha;
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari kesishmasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari kesishmasigacha.
Chilonzor tumani
“Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al-Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari kesishmasidan Al-Xorazmiy – Katta Qa’ni kesishmasigacha;
"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasigacha;
“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor shoh ko‘chasi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha.
Uchtepa tumani
“Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari kesishmasidan Lutfiy – Katta Qa’ni ko‘chalari kesishmasigacha;
"Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari kesishmasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari kesishmasigacha.
Yunusobod tumani
“Minor” masjidi oldidagi KXAY – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari kesishmasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasigacha;
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.
Yakkasaroy tumani
“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari kesishmasigacha.
Yashnobod tumani
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari kesishmasigacha;
"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari kesishmasidan Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari kesishmasigacha.
Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Yangiliklar lentasi
0