Xitoy O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli tarmoqlarni qurmoqchi

© Ministerstvo energetikiSostoyalas vstrecha ministra energetiki Jurabeka Mirzamaxmudova s prezidentom kitayskoy kompanii "State grid - CET" Yu Djunom
Sostoyalas vstrecha ministra energetiki Jurabeka Mirzamaxmudova s prezidentom kitayskoy kompanii State grid - CET Yu Djunom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli tarmoqlar va podstansiyalarni loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish va tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish masalasini o‘rganib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 17 aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoyning “State grid - CET” kompaniyasi prezidenti Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi prezidenti O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli tarmoqlar va podstansiyalarni loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish va tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish masalasini o‘rganib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha bitimni imzoladi.
Qayd etilishicha, kompaniya Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika, Yaqin Sharq, Yevropa va boshqa mintaqalarda 40 dan ortiq mamlakatlar bilan loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya loyihalash, qurilish, ta’minot va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jami 200 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.
Kompaniya yuqori va past kuchlanishli tarmoqlar, podstansiya va generatsiya quvvatlarini qurishga asosiy e’tiborini qaratib, Xitoyning 26 provinsiyasida 1,1 mlrd aholini (aholining 83%) elektr bilan ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0