​Xitoy O‘zbekistondagi yirik agrologistik markazga investitsiya kiritmoqchi

© Ministerstva selskogo xozaystva respubliki UzbekistanKitay gotov investirovat v krupniy agrologisticheskiy sentr Uzbekistana
Kitay gotov investirovat v krupniy agrologisticheskiy sentr Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatida joylashgan yirik logistika markazi O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. ​Xitoy O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik agrologistik markazga investitsiya kiritishga tayyor. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC GROUP” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Yibo Vang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Agrologistik park qurish loyihasining muhokamasi bo‘ldi. Loyiha qiymati - 50 mln dollar.
Uchrashuvda 32 gektar ajratilgan yer uchastkasida barpo etilishi rejalashtirilayotgan obyektlar muhokama qilindi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar:
50 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli omborlar, 300 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti tovar aylanmasi, jumladan saralash, qayta ishlash, saqlash, sovutish, qadoqlash;
ofislar, kamida 200 xonali mehmonxonalar;
bojxona;
avtopark;
fitosanitariya va veterinariya tekshiruvi punktlari;
konteynerlar qabul punkti va boshqa obyektlar.
Bu yirik logistika markazi mamlakatni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.
Ushbu obyektni barpo etishda mamlakatlar hamkorligi quyidagi modelni ko‘zda tutadi:
tashqi infratuzilma – 100% O‘zbekiston tomonidan;
agrologistik markaz barpo etish – 100% Xitoy investitsiyalari asosida, o‘zini qoplash muddati – 7-yil.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantirilishi xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyati shimolda Qozog‘iston, sharqda Toshkent viloyati, janubda Tojikiston va g‘arbda Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Umumiy maydoni – 4,28 ming kv. km.
Yangiliklar lentasi
0