Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© AO "Jeleznie dorogi Uzbekistana"Prigorodniy poyezd jeleznix dorog Uzbekistana
Prigorodniy poyezd jeleznix dorog Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Bayram kunlarida "Toshkent — Xiva — Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bayram kunlarida "Toshkent — Xiva — Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha 2 reysga qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Ramazon hayitining aniq sanasi ma’lum bo‘lishi bilan uni Telegram- kanalimizda e’lon qilamiz. Obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
20, 22-aprel kunlari 156-sonli "Toshkent — Xiva" yo‘nalishi: Toshkent 15:39 — Xiva 6:58;
21, 23-aprel kunlari 155-sonli "Xiva — Toshkent" yo‘nalishi: Xiva 8:28 — Toshkent 00:30.
Yangiliklar lentasi
0