Putin Xerson yo‘nalishida: maxsus harbiy operatsiya hududida operativ holat

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil shtabi gruppirovok "Dnepr" i "Vostok" v zone SVO
Prezident RF V. Putin posetil shtabi gruppirovok Dnepr i Vostok v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning Donbass va Xerson viloyati hududolariga tashrif buyurishi - Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish irodasi qat’iy ekanini ifoda etadi.
TOShKENT, 19 apr - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donbass va Xerson viloyati frontidagi faoliyati Kremlning maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish bo‘yicha qat’iy irodasini o‘zida ifoda etadi. Maqsad – Rossiyaning yangi hududlarini Ukraina bosqinchi qo‘shinlaridan to‘liq ozod qilish, Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash.
Rossiya prezidenti va Oliy bosh io‘mondon Vladimir Putin 17-aprel kuni Xerson yo‘nalishidagi rus qo‘shinlarining “Dnepr” guruhi va Lugansk Xalq Respublikasidagi "Vostok" milliy gvardiyasi qarorgohlariga tashrif buyurdi. Putin harbiy rahbarlar Mixail Teplinskiy, Oleg Makarevich va Aleksandr Lapinning hisobotlarini qabul qildi, ya’ni mazkur hududdagi operativ vaziyatni o‘rgandi, Xerson va Zaporojye kuchlarining strategik ustuvor yo‘nalishlarini aniqladi.

Bu Vladimir Putinning harbiy hududga birinchi marta kelishi emas. Avvalroq u Mariupolga tashrif buyurib, shahardagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirgan edi. Prezidentning Rossiyaning yangi hududlariga tashriflari o‘zinikilarga ham, o‘zgalarga ham alohida ahamiyatga ega.

Maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishi munosabati bilan Donesk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududlarida 2022-yil oktabr oyidan boshlab, mintaqalar hokimiyati tomonidan maksimal darajada javobgarlik rejimi amal qilmoqda. Bu rejim bo‘yicha hududlar hokimiyatlari “Harbiy holat to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan vakolatlarga ega. Vladimir Putinning maxsus harbiy operatsiyaning oldi safida shaxsan bo‘lishi va jangovar faoliyatda ishtirok etishi shart emas. Lekin bu davlatning maqsadlarga erishish irodasi, Rossiyaning tarixiy xavfsizlik chegaralari – Kiyev va Lvovning g‘arbiy qismi tomon qaytmas harakatining ishonchli ifodasidir.

Maxsus harbiy operatsiya hududidagi operativ vaziyat murakkabligicha qolmoqda – Rossiya qo‘shinlarining kuchlari va vositalari miqdoriy va sifat jihatidan ustunlik qilmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari esa aloqa chizig‘ining ma’lum hududlarida qarshi hujumga o‘tishga harakat qilmoqda va katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Shiddatli jang hududlari – Avdeyevka, Artyomovsk, Seversk, Soledar, Marinka, Ugledar va Svatovo-Kremennaya yo‘nalishlari hisoblanmoqda.

Voqealar ufqi ortida NATOning sharqiy qanoti – Boltiqbo‘yi mamlakatlarida, Polsha, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariyada – AQSh va uning ittifoqchilari qator harakatlar amalga oshirmoqda. Ittifoq logistikasini rivojlantirmoqda, qo‘shimcha qo‘shinlarni jamlamoqda, armiyani qayta konfiguratsiya qilmoqda, Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaro bo‘lish ehtimoli sababli harbiy sanoat kompleksini yo‘lga qo‘ymoqda. "The New York Times" gazetasining yozishicha, NATO sakkizta davlatning har birida 5000 nafargacha askardan iborat to‘laqonli guruhlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda, shunda “qarshi turish” “ishonchliroq” bo‘lar ekan. Sakkizta “jangovar guruhlar” soni 40 ming jangchiga, ya’ni to‘rt baravarga ko‘payadi. Sharqiy qanotda ittifoqning havo mudofaa tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha katta rejalar mavjud. Aslida, NATO strateglari sharqqa kengayishning halokatli xavfini allaqachon butun dunyoga isbotlagan va hanuzgacha xavfsizlikni ta’minlash demagogiyasi tushunchasi bilan ovvora.

Muqaddas olov

Havo hujumidan ogohlantirishlar Ukrainaning Dnepropetrovsk, Nikolayev, Sumi, Poltava va Xarkov viloyatlarida 18-aprelga o‘tar kechasi e’lon qilindi. 10-oktabrdan (Qrim ko‘prigidagi teraktdan so‘ng) RF qurolli kuchlari deyarli har kuni dushmanning butun hududidagi energetika, mudofaa sanoati, harbiy boshqarma va aloqa nuqtalariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalarini amalga oshirib kelmoqda.

Oxirgi 24 soat ichida Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida Ugledar, Novopol va Poltavka aholi punktlari hududlaridagi Ukraina bo‘linmalari Rossiya qo‘shinlarining “Sharq” guruhi tomonidan aviatsiya, artilleriya o‘qlari va "Solnsepok" yoppasiga o‘t ochish tizimlari zarbalariga uchradi. Avdeyevka yaqinida UQKning 25-havo-desant va 110-mexanizatsiyalashgan brigadalarining boshqaruv postlari yo‘q qilindi. Bundan tashqari, Gulyaypole va Chervonaya Krinitsa aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita o‘q-dori ombori portlatildi.

Rossiya aviatsiyasi Artyomovsk g‘arbida va shahardan chiqishda UQKning asosiy nishonlariga UPAB-1500 boshqariladigan bombalari bilan zarbalar bermoqda. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi havo-desant bo‘linmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Artyomovskning g‘arbiy qismida har kuni ikkitadan kvartalni ozod qilmoqda. Bugungi kunda UQK shahar hududining ko‘pi bilan 10% ini nazorat qiladi.
Avdeyevka va Marinka yo‘nalishlarida Ukraina qo‘shinlarining 59-mexanizatsiyalashgan va 79-desant hujumchi brigadalarining vaqtinchalik hududlarini katta kalibrli artilleriya “ko‘chirib” tashlamoqda. Seversk viloyatida Janubiy harbiy okrug 2-armiya korpusining “Uragan” va “Grad” yalpi o‘t ochish raketa tizimlari UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga hujum uyushtirdi.

Kiyev rejimi vakillari (“Ukraina loyihasi” ning g‘arbiy kuratorlariga) UQKning yaqinlashib kelayotgan keng ko‘lamli qarshi hujumi haqida vaqti-vaqti bilan e’lon qilib turadi. Buning uchun esa AQSh va NATO yetarli resurslar – shunchaki qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilarga ega emas.

Ukraina harbiy harakatlar teatrida Rossiyaga qarshi G‘arb jamoasining “dahshatli kurashi” hali yakuniga yetgani yo‘q, ammo Ispaniyaning "El País" nashri 800 kilometrlik aloqa chizig‘idagi rus qo‘shinini – “ajdaho tishlari” bilan tasvirlamoqda. UQK qo‘shinlar soni, aviatsiya va artilleriya ta’minoti bo‘yicha zaruriy uch baravar ustunlikka ega emas va hech qaysi yo‘nalishda hujumni muvaffaqiyatli rivojlantirishga qodir emas. G‘arb dunyoning eng yirik yadroviy kudratiga qarshi loqaydlik bilan kurashda Ukrainani azobli o‘limga mahkum etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0