Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qanday o‘zgarmoqda?

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Asosiy qonuni qanday o‘zgarmoqda ? Taklif etilayotgan asosiy o‘zgarishlar va qo‘shimchalar - Sputnik materialida o‘qing.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi 65 foizga yangilanmoqda. Moddalar soni 128 tadan 155 taga ko‘paymoqda. Parlamentning nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarini lavozimga qo‘yish borasidagi funksiyalari kuchaytirilmoqda hamda prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilmoqda.
Sputnik respublikaning Asosiy qonuniga kiritiladigan qo‘shimchalar va o‘zgarishlar haqida ma’lumot tayyorladi.

Oliy Majlis

Hozir

Oliy Majlis Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi.
Oliy Majlis Senatining 16 nafar a’zosi prezident tomonidan tayinlanadi.

Taklif etilmoqda

Oliy Majlis Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 4 kishidan saylanadi.
Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosi prezident tomonidan tayinlanadi.
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Ayni bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi mumkin emas.
Ayni bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq Senatning raisi bo‘lishi mumkin emas.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi yangi vakolatlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish.
Parlament tekshiruvini o‘tkazish.
Davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash.
Davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish.

Oliy Majlis Senatining mutlaq yangi vakolatlari

Respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash.
Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash.
O‘zbekistonning chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oliy Majlisning qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno.
Oliy Majlisning Senati o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq yangi vakolatlari

Prezidentning taqdimiga binoan bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash.
Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi a’zolarining hisobotlarini eshitish.
Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish.
Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.

Prezident

Hozir

O‘zbekiston prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalaritasdig‘iga kiritadi

Taklif etilmoqda

O‘zbekiston prezidenti 7 yil muddatga saylanadi.
Vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oliy Majlisning Senati tasdig‘iga kiritadi

Prezidentning yangi vakolatlari

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi.
Prezident Administratsiyasini, Prezident huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi.

Vazirlar Mahkamasi

Yangi vakolatlar

Barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, oilani qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi.
Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hozir

Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda prezident bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oliy Majlisni tarqatib yuboradi.

Taklif etilmoqda

Bosh vazir nomzodi prezident tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi.
Bosh vazir nomzodi 1 oy ichida taqdim etiladi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod 3 marta rad etilgan taqdirda, prezident bosh vazirni tayinlaydi va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi a’zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasi uni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi taklifni prezidentga ko‘rib chiqish uchun kiritishga haqli.
Deputat va senatorlarning so‘rovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.

Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Taklif etilmoqda

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib tayinlanishi mumkin emas.

Saylov tizimi

Hozir

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.

Taklif etilmoqda

Saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etish faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
Prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlashga haqli.
Ayni bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq MSK raisi etib saylanishi mumkin emas.

Sud hokimiyati

Taklif etilmoqda

Konstitutsiyaviy sud sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10-yillik muddatga saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud o‘z tarkibidan Konstitutsiyaviy sudning raisini va uning o‘rinbosarini 5-yillik muddatga saylaydi.

Advokatura

Taklif etilmoqda

Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi.
Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.
Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Prokuratura

Taklif etilmoqda

Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.

Ommaviy axborot vositalari

Taklif etilmoqda

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
OAV o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.
OAVning faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0