Haydovchilar uchun yangi qulayliklar yaratiladi

© SputnikAvtomobilnaya infrastruktura
Avtomobilnaya infrastruktura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2023
Obuna bo‘lish
Endi yengil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Endi avtotransportlarga estakadada 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat beriladi. Bu haqda hukumat tomonidan qabul qilingan 159-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan aerovokzal, temir yo‘l va avtobus vokzallarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qator nizomlar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, aerovokzal majmualari binolariga kirish joylariga yaqin kelib to‘xtash uchun faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi.
Shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti yo‘lovchilarni va tashrif buyuruvchilarni olib ketish va olib kelish uchun mo‘ljallangan avtomobil turargohi va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, estakadadan foydalanish uchun yo‘lovchi tashish avtotransportlariga ruxsat beriladi.
Bunda yengil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat beriladi.
Barcha turdagi avtotransport vositalari aerovokzallar majmualari chegarasidan 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
Temir yo‘l vokzallarida ko‘zdan kechirishdan o‘tish vaqti yo‘lovchilarning poyezdga chiqishga kechikishi uchun shart-sharoitlar yaratmasligi zarur. Bunda ko‘zdan kechirish vaqtini qisqartirish maqsadida ko‘zdan kechirish tartib-qoidasini soddalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0