Surxondaryo viloyatida o‘qituvchilar do‘pposlanishi holati yuzasidan jinoiy ish ochildi

© Depositphotos.com / AndreyPopovMolotok i naruchniki na stole u sudi
Molotok i naruchniki na stole u sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish paytida 34 yoshli erkak o‘qituvchi ikki nafar ayol hamkasbi bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Bosh prokuratura Surxondaryo viloyati Uzun tumanida maktab o‘qituvchilari do‘pposlangani aks etgan videoyozuvdagi holatni o‘rgandi. Bu haqda idora matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 14-aprel kuni soat 12:00 larda tumandagi 31-sonli o‘rta ta’lim maktabining direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, ayol o‘qituvchilar hozir shifoxonada. Vazir ularning holatini o‘z nazoratiga olgan.
Mazkur holat yuzasidan 18-aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0