Mariinskiy teatri balet truppasi Toshkentda konsert beradi

© Mariinskiy teatrMariinskiy teatr
Mariinskiy teatr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2023
Obuna bo‘lish
Mariinskiy teatrining balet truppasi 18 va 19-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida Mixail Fokinning bir pardali baletlari bilan chiqish qiladi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda Mariinskiy teatri balet truppasi ishtirokida bir pardali baletlardan iborat namoyish bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Mariinskiy teatrining balet truppasi 18 va 19-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnasida Mixail Fokinning bir pardali baletlari bilan chiqish qiladi.
Gastrol dasturiga Fokinning Mariinskiy teatri uchun yaratilgan mashhur baletlari, uning artistlari va Sergey Diagilevning Rus mavsumi baletlari kiritilgan.
Unda, jumladan, Frederik Shopen musiqasiga bitilgan “Shopeniana”, Karl Maria fon Veber musiqasiga yozilgan “Atirgul sharpasi” hamda Kamil Sen-Sans musiqasiga bastalangan “Oqqush” kabilar bor.
Ushbu baletlarda Mariinskiy truppasining yosh solistlari chiqish qilishadi. Oqqush rolini esa teatrning prima balerinasi Oksana Skorik ijro etadi.
Kecha Rimskiy-Korsakov musiqasi ostida afsonaviy "Shahrizoda" bilan yakunlanadi. 1910-yilda ushbu baletning premyerasi Parijdagi "Rus mavsumlari"da shov-shuvga sabab bo‘lgan.
Teatr muxlislari uchun "Shahrizoda" balet repertuarining klassikasiga aylandi.
Zobeida rolida Mariinskiy baletining prima balet raqqosi Yekaterina Kandaurova, uning quli rolini esa truppa bosh rahbari Vladimir Shklyarov ijro etadi.
Mariinskiy balet teatrining gastroli Alisher Usmonov nomidagi “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi hamda O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0