Musulmonlar idorasi vakili Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdi

© Sputnik / Alexei Danichev / Mediabankka o‘tishReka Moyka v Sankt-Peterburge
Reka Moyka v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
Migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar alohida ta’kidlandi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili, Toshkent viloyati “To‘ra buva” jome masjidi imom-xatibi Shavkat Hamdamovning Sankt-Peterburgga amaliy safari tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Safar davomida Shavkat Hamdamov Leningrad viloyati Gatchina tumanida joylashgan “Gofra” va “Izzat” korxonalarida vaqtincha ishlayotgan, Sankt-Peterburg davlat agrar universiteti va Rossiya prezidentining Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining Shimoliy-G‘arbiy institutida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, vatandoshlar haq-huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi. Migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, 30-aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari uchun 19-26 aprel kunlari muddatidan avval ovoz berish uchastkalari tashkil etilishi yuzasidan ma’lumot berildi.
Yangiliklar lentasi
0