https://oz.sputniknews.uz/20230416/xitoy-kompaniyasi-vakillari-sirdaryoga-keldi-33974333.html
Xitoy kompaniyasi vakillari Sirdaryoga keldi
Xitoy kompaniyasi vakillari Sirdaryoga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, uy-joy va yo‘l qurilishi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
2023-04-16T16:45+0500
2023-04-16T16:45+0500
2023-04-16T16:45+0500
jamiyat
xitoy
sirdaryo
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/10/33974171_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_1cef187db28f0949d19a275e33e9e6df.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasining qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari Vang Ibo boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy veb saytida xabar berildi.So‘ng delegatsiya a’zolarini viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, uy-joy va yo‘l qurilishi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.Delegatsiya rahbari Vang Ibo muhokama etilgan masalalarni amaliyotga tatbiq etish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyorligini bildirdi.Uchrashuv so‘ngida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar taklifini ishlab chiqish uchun muntazam va samarali muzokaralar o‘tkazib borishga kelishib olindi.Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “CITIC Construction” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yang Jiansan bilan videokonferensaloqa tarzida muloqot o‘tkazgan edi. Unda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etgandi.
xitoy
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/10/33974171_38:0:1175:853_1920x0_80_0_0_ed404e8dc29b761e5d01c4936afa2eba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy sirdaryo
Xitoy kompaniyasi vakillari Sirdaryoga keldi
Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, uy-joy va yo‘l qurilishi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasining qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh direktori o‘rinbosari Vang Ibo boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy veb saytida
xabar berildi. Ta’kidlanishicha, mehmonlar dastlab Xovos tumanidagi “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” barpo etilishi rejalashtirilayotgan hududda bo‘lib, mavjud infratuzilma bilan tanishdi.
So‘ng delegatsiya a’zolarini viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, uy-joy va yo‘l qurilishi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Muloqot chog‘ida viloyat rahbari Sirdaryoda zamonaviy issiqxona komplekslari va agrologistika markazlarini tashkil qilish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Delegatsiya rahbari Vang Ibo muhokama etilgan masalalarni amaliyotga tatbiq etish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar taklifini ishlab chiqish uchun muntazam va samarali muzokaralar o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “CITIC Construction” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yang Jiansan bilan videokonferensaloqa tarzida muloqot o‘tkazgan edi. Unda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari
ishtirok etgandi.