Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

© Metropoliten “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 7-bekat
“Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 7-bekat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, shu kuni poyezdlar harakati “Do‘stlik-2”—“6-bekat” oralig‘ida tashkil etiladi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 19-aprel kuni Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘li 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Yer usti halqa yo‘lining II bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda.
“Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 19-aprel sanasida Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, shu kuni poyezdlar harakati “Do‘stlik-2”—“6-bekat” oralig‘ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0