Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi UQKning bir kunlik yo‘qotishlarini ma’lum qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie artilleriyskogo rascheta gaubisi D-30 voorujennix sil RF rabotayut po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO
Voyennoslujashie artilleriyskogo rascheta gaubisi D-30 voorujennix sil RF rabotayut po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, kun davomida ushbu yo‘nalishlarda dushmanning yo‘qotishlari 45 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomobil, shuningdek, D-30 gaubitsasini tashkil etgan.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlarining “Vostok” qo‘shinlari janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida dushman pozitsiyalariga hujum qilib, bir sutkada 45 dan ortiq Ukraina harbiylarini va to‘rtta texnikani, jumladan Amerikada ishlab chiqarilgan bitta AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radarni yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida “Vostok” qo‘shinlari guruhining havo va artilleriya zarbalari DXRning Ugledar va Novoselka tumanlaridagi Ukraina armiyasi bo‘linmalariga berilgan. Bundan tashqari, Novodonesk tumanida dushmanning sabotaj-razvedka guruhining faoliyati bostirilgan.
Qayd etilishicha, kun davomida ushbu yo‘nalishlarda dushmanning yo‘qotishlari 45 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomobil, shuningdek, D-30 gaubitsasini tashkil etgan. Bundan tashqari, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radar ham yo‘q qilingan.
Yangiliklar lentasi
0