“Krasnogorsk”ni Parkent, Toshkent va Nurafshon bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Transport vazirligi“Krasnogorsk”ni Parkent, Toshkent va Nurafshon bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“Krasnogorsk”ni Parkent, Toshkent va Nurafshon bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor tomonidan har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratildi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 15-apreldan “Krasnogorsk – So‘qoq – Changi – Parkent”, “Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent”, “Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Transport vazirligi Toshkent viloyati Transport boshqarmasi tomonidan VH-405-sonli “Qiziltog‘ qishlog‘i – Parkent AShB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 3 ta harakat jadvallari bilan, VH-390-sonli “Nevich mahallasi – Rohat – Qo‘yliq 5-metro bekati (Qiziltog‘ qishlog‘i orqali)” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 7 ta harakat jadvallari bilan, VH-416-sonli “Qiziltog‘ qishlog‘i – Nurafshon AShB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 1 ta harakat jadvali bilan tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borish vazifasi “Krasnogorsk Avto Xizmat” MChJga yuklatildi. Hozirda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor tomonidan har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratildi.
Keyinchalik yo‘lovchi oqimini hisobga olgan holda avtobuslar soni ko‘paytirilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0