Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25°, shimolda 7-12° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0