Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir va do‘l yog‘adi — O‘zgidromet

© Foto : PixabayKrupnie kapli dojdya padayut na asfalt
Krupnie kapli dojdya padayut na asfalt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, ayrim viloyatlarda yomg‘ir va do‘l yog‘ishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir va do‘l yog‘adi. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +17-19, kunduzi +21-23 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +20-25 daraja, bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17-22, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Farg‘ona viloyatida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5-10 iliq, kunduzi +10-15 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0