Ukraina harbiylari Zelenskiyni o‘ldirishmoqchi — Pentagonning sobiq maslahatchisi

© AP Photo / © AP Photo / Michal DyjukV Kitae vidvinuli ultimatum Zelenskomu
V Kitae vidvinuli ultimatum Zelenskomu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Duglas Makgregor: Ukraina armiyasidagi korrupsiya muammosi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Ukraina harbiylari Vladimir Zelenskiyni xiyonat qilgani uchun osishmoqchi. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor Judging Freedom kanaliga ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Uning fikricha, Ukraina armiyasidagi korrupsiya muammosi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. U bunga Ukrainadagi "turli joylarga tushib qolgan yuzlab millionlab naqd pullar va harbiy texnika yo‘qolganini" misol tariqasida keltirdi.
“Agar siz “Telegram”ga kirsangiz va ukrainalik askarlar o‘chirib tashlanishidan oldin e’lon qilgan videolarni ko‘rishga ulgursangiz, ular bularning barchasini muhokama qilayotganini eshitishingiz mumkin. Ha, bularning barchasi haqida hatto Ukraina askarlari ham bilishadi. Nima deb o‘ylaysiz, biz ulardan: "birinchi navbatda orqaga qaytib, Zelenskiy va uning jamoasini ruslar ularga yetib borguncha osib qo‘yish kerak" degan gaplarini eshitamiz”, deydi ofitser.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu haqdagi gaplar bir oydan beri bor. Harbiylar xiyonat qilishganini juda yaxshi bilishadi.
Yangiliklar lentasi
0