Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Dastlab davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovga og‘ir judolik - onasi Ogulabat edje Berdimuhamedova olamdan o‘tgani munosabati bilan chuqur hamdardlik va taskin-tasalli so‘zlarini izhor etdi, unga va barcha yaqinlariga sabr-toqat va bardosh tiladi.
Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi.
Yil boshidan buyon o‘tgan ikki tomonlama muloqotlar – Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, siyosiy maslahatlashuvlar, transport va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari, diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani 30-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan boshqa tadbirlarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy, energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Telefon muloqoti yakunida yetakchilar bir-birini va qardosh mamlakatlar xalqlarini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan dildan qutladilar.
Yangiliklar lentasi
0