Yomg‘ir, shamol, chang-to‘zon: bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

© pixabay.com/guvo59Burya dojd
Burya dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutiladi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Bugun respublikaning ayrim tumanlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +37 darajagacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkentda shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +17-19, kunduzi +32-34 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryov viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +30-35, ba’zi joylarda +37 darajagacha bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +17-22, kunduzi +32-37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 iliq, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0