Samarqandda Xitoy energiya texnologiyalari instituti tashkil etiladi

© UzAV Samarkande budet sozdan Kitayskiy institut energeticheskix texnologiy
V Samarkande budet sozdan Kitayskiy institut energeticheskix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Institutda 40 nafar talaba ta’lim olishi rejalashtirilmoqda
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Samarqandda Xitoy energiya texnologiyalari instituti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori, professor Yusuf Abdullayev yaqinda Xitoyga safari davomida Shimoliy-Sharqiy elektr energetika universiteti va Tianjin fan va texnologiya universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.
Qayd etilishicha, endi tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yiladi.
Bakavariat, magistratura va doktoranturada “2+2”, “3+1”, “1+1” ta’lim tizimlarini joriy etiladi. Eng asosiysi, O‘zbekistonda birinchi marta mazkur universitetning Xitoy energiya texnologiyalari instituti fakulteti tashkil etiladi.
– Mazkur fakultet talabalari Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va Xitoy universitetida ta’lim olgan holda “double diploma” sohibiga aylanadi. Fakultetda 2023-yilda 40 nafar talaba ta’lim olishi rejalashtirilmoqda”, – dedi Samarqand xalqaro texnologiya universiteti rektori Yusuf Abdullayev.
Sun’iy intellekt maktabi rivojlangan Tianjin fan va texnologiya universiteti rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida matematika, fizika, mashinasozlik, kimyo muhandisligi va energetika dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tianjin fan va texnologiya universiteti bugungi kunda AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning 40 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Universitet Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi marta Samarqand xalqaro texnologiya universiteti bilan memorandum imzoladi.
Shuningdek, SXTU kampusida “The Peace teahouse” (Tinchlik choyxonasi) ochilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0