Pentagon ma’lumotlarini tarqatishda gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi — video

© Sputnik / Dmitriy Parshin / Mediabankka o‘tishSotrudniki FBR i politsii. Arxivnoe foto
Sotrudniki FBR i politsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Fox News: Federal qidiruv burosi Pentagon maxfiy ma’lumotlarini tarqatishda gumonlanuvchini hibsga oldi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. AQSh Federal qidiruv burosi (FQB) Pentagon ma’lumotlarini tarqatishda gumonlanuvchi shaxsni hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti Fox News nashriga tayanib xabar berdi.
Xabar berilishicha, FQB Massachusets shtatining Nort-Daytondagi turar-joy binosida huquqni muhofaza qilish organlarining vakolatli harakatlarini o‘tkazishda davom etmoqda.
"The Washington Post" nashrining yozishicha, bu ishda gumonlanuvchi 21 yoshli Jek Teysheyra bo‘lib, u Massachusets Harbiy-havo kuchlari milliy gvardiyasida xizmat qiladi.
"The New York Times" gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, yigit AQSh harbiy departamenti hujjatlari paydo bo‘lgan Thug Shaker nomli o‘yin suhbatini olib borgan. Unda 20-30 ga yaqin odam bo‘lgan. Harbiylarning o‘zi maxfiy ma’lumotlarga kirishi mumkinmi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.
Pentagon ijtimoiy tarmoqda Ukraina qo‘shinlarining ahvoli hamda AQSh va NATOning ularni kuchaytirish rejalari tasvirlangan materiallarning sizib chiqishini tekshirmoqda. Ta’kidlanishicha, yuzdan ortiq hujjatlar Internetda tarqalgan bo‘lishi mumkin, sodir bo‘lgan zarar sezilarli darajada baholanmoqda.
Oq uy Internetda e’lon qilingan materiallarning haqiqiyligini tasdiqlashdan bosh tortdi va sizib chiqish qanday va nima uchun tashkil etilgani haqidagi nazariyani aytishga hali tayyor emasligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0