Ertadan O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

© pexels.com/JoelZont s chernoy ramkoy
Zont s chernoy ramkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, ertadan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ayrim joylarda havo harorati +0...+5 darajagacha pasayadi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ertadan O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, ertaga salqin va nam havo massalarining kirib kelishi sharq tomonga qarab harakatlanadi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalab momaqaldiroqli yomg‘irlar saqlanib turadi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzgi havo harorati +20...+25 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi +10...+15, kunduzi +20...+25 darajani tashkil etadi. Shimolda kechasi +0...+5 darajagacha, kunduzi +7...+12 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kunlari ba’zi joylarda qorga aylanadi. Dam olish kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0