Orban Ukrainani moliyaviy jihatdan mavjud bo‘lmagan mamlakat deb atadi

© AFP 2023 / Ludovic MarinPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban, arxivnoe foto
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, agar G‘arb Ukrainani ta’minlashni to‘xtatsa, mojaro barham topadi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ukrainadagi mojaro Ukrainani AQSh va Yevropa ta’minlashdan to‘xtatishi bilanoq yakunlanadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
“Aslida, Ukraina moliyaviy jihatdan – mavjud bo‘lmagan mamlakat. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qulashi ulkan, bu urush tufayli mutlaqo tushunarli. Ravshanki, Ukraina o‘zini o‘zi moliyalashtira olmaydi”, - dedi Orban “Kossuth” radiosi efirida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, savol G‘arb Ukraina ta’minlashi yoki ta’minlamasligida.
“Amerika va Yevropa bu savolga “yo‘q” deb javob bergan paytda esa urush tugaydi”, - deya ishonch bildirdi Orban.
Siyosatchi Yevropa Ukrainani ta’minlash uchun o‘n milliardlab dollar sarflamoqda: Ukraina pensiyalarini to‘layapti, davlat idoralari, sog‘liqni saqlash, ta’limga pul ajratapti.
“Bu yirik summa, Yevropa iqtisodiyotiga yetishmayotgan bir necha o‘n milliard yevro. Va ma’lumki, bu cheksiz davom eta olmaydi”, - deya qo‘shimcha qildi Vengriya yetakchisi.
Vengriya Ukrainadagi mojaroning boshidan buyon Rossiya energiya resurslariga qarshi sanksiyalar va Kiyev rejimiga harbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshi chiqib keladi. Xususan, u o‘z hududidan Ukraina Qurolli kuchlari uchun qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqlagan, chunki bu Karpatortida yashayotgan etnik vengerlar xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yadi. Qolaversa, Budapesht Kiyevni venger ozchiligiga zulm o‘tkazishda ayblaydi va bunga Ukrainaning ta’lim to‘g‘risidagi qonunini dalil qilib keltiradi.
Yangiliklar lentasi
0