Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 14-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRazrushennie zdaniya v sentre Artyomovska.
Razrushennie zdaniya v sentre Artyomovska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2023
Obuna bo‘lish
Artemovskda "Vagner" guruhi va shahrining g‘arbiy kvartallarni egallash uchun shiddatli janglar olib bormoqda. Havo-desant kuchlari ularga qanotlarda yordam bermoqda.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligininghisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Ivanovka va Dvurechnaya LXRning Stelmaxivka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi. Xarkov viloyatining Olshana, Kraxmalnoe va Timkovka aholi punktlari hududlarida UQKning beshta diversion-razvedka guruhlari harakatlari to‘xtatildi. Oxirgi 24 soat ichida UQKning 60 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta transport vositasi va ikkita D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Serebranka, LXRning Chervonopopovka va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning 80 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Vagner" hujum otradlari Artemovsk shahrining g‘arbiy tumanlaridagi kvartallarni egallash bo‘yicha shiddatli janglar olib bormoqda. Havo-desant kuchlari ularga qanotlarda yordam bermoqda va dushmanning shaharga o‘q-dorilarni etkazib berish va zaxiralarni olib kirishga urinishlarini cheklamoqda.
"Janub" qo‘shinlar guruhi aviatsiyasi ushbu hududda 14 marotaba samolyotlar yordamida hujum uyushtirib dushmanning 62 ta o‘t ochish nuqtalariga zarba berdi.
Kun davomid ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 340 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, beshta zirhli jangovar mashina, to‘rtta texnika, "Grad" reaktiv tizimi mashinasi va D-20 va D-30 gaubitsalarini tashkil etdi.
Janubiy Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Zaporojye viloyatining Marfopol, Zaliznichnoe, NovoAndreyevka va Kamenskaya aholi punktlari hududlarida dushmanning 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikap va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Chervonaya Krinitsa qishlog‘i yaqinida Ukraina qo‘shinlarining o‘q-dorilari saqlanadigan ombor yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya hujumi natijasida 35 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 6 ta texnika, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi dushman o‘qlari natijasida yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada UQKning 136 ta pozitsiyada joylashgan 93 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Havo mudofaa tizimlari kun davomida HIMARS (AQSh) ko‘p raketali tizimining 6ta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyati Tambovka, Xerson viloyatining Velikaya Lepetixa va Maslovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 6ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 407 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3753 ta uchuvchisiz apparat, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8672 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1084 ta ko‘p raketali tizimlarining jangovar texnikasi, 4584ta dala artilleriyasi va minomotlari, 9504 dona maxsus harbiy mashinalar.
Yangiliklar lentasi
0