Qozog‘istondagi chempionatda o‘zbekistonlik kurashchilar yana ikkita medalni qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaSobirova - vitse-chempionka, Keunimjayeva-bronzoviy prizor ChA v Astane
Sobirova - vitse-chempionka, Keunimjayeva-bronzoviy prizor ChA v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Chempionatning to‘rtinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
57 kilogrammgacha vaznda chempionlik uchun kurashgan Laylo Sobirova yaponiyalik Nanjo Sayega 4:11 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush bilan cheklandi.
53 kilogrammgacha vaznda bronza medali uchun xitoylik Li Den bilan bahs olib borgan Aktenge Keunimjayeva 2:6 hisobida imkoniyatni boy berayotgan pallada kuchli iroda namoyish etib, bellashuvni 9:6 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.
Musobaqaning bugungi kunida Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov, Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Umidjon Jalolov kabi sportchilar gilamga chiqadi.

Mavzuga oid:

Ostonadagi Osiyo chempionatining ilk kunida o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta medalga ega chiqdi
Kurashchi Abror Ataboyev Osiyo chempioni bo‘ldi
Jasmina Immayeva Qozog‘istondagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0