Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi Ozarbayjon bilan munosabatlarga qanday ta’sir qiladi?

© PulatovKonstitutsiya Respubliki Uzbekistan.
Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonda iqtisodchilar, xalqaro masalalar bo‘yicha ekspertlar va siyosatshunoslar O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohot ikki mamlakat munosabatlariga qanday ta’sir etishini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash jarayonida 100 dan ortiq davlat xususan, Ozarbayjon Konstitutsiyasi ham o‘rganildi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
Bokuda O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi Ozarbayjon bilan munosabatlarga ta’siri yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda iqtisodchilar, xalqaro masalalar bo‘yicha ekspertlar va siyosatshunoslar konstitutsiyaviy islohot O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlariga qanday ta’sir etishini muhokama qilishdi.
O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi maslahatchisi Bahrom G‘oipovning qayd etishicha, loyihani tayyorlash jarayonida 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar va 100 dan ortiq davlat konstitutsiyalari puxta tahlil qilindi.
Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Emin Mammadzodaning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlik, avvalambor, tarixiy-madaniy merosga asoslangan.
Shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasida yaqindan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan muayan yo‘nalishlar mavjud, xususan, logistika va energetika loyihalari.
Shunday qilib, energetika sohasi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun drayverga aylanishi mumkin. Shundan so‘ng boshqa jabhalardagi hamkorlikni kengaytirish mumkin bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi u.

“O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida 236 ta qo‘shma korxona, Ozarbayjonda esa 50 ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston foydasiga ijobiy saldo bor”, - dedi Mammadzoda.

Ozarbayjon va O‘zbekiston metallurgiya, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishi mumkin. Bundan tashqari, ikki mamlakat xalqlarining faol integratsiyasi uchun turizmni kengaytirish muhim ahamiyatga ega, dedi iqtisodchi.
Iqtisod fanlari nomzodi, Xalqaro iqtisod kafedrasi dotsenti Emin Gariblining so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in mamlakatlar hududidan o‘tuvchi transport yo‘laklaridir.

"Agar tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, ming yillar davomida bu hudud aynan shu yerdan o‘tgan transport yo‘laklari tufayli rivojlangan. Bundan tashqari, geografik joylashuv, umumiy iqtisodiy aloqalar va etnik o‘ziga xoslik Ozarbayjon va O‘zbekistonning iqtisodiy integratsiyasi uchun zarur shartdir", - dedi u.

Qo‘shimcha qilinishicha, iqtisodiy rivojlanish uchun har qanday mamlakat boshqalar bilan integratsiyalashuvi kerak. Ozarbayjon va O‘zbekiston kabi davlatlar uchun mintaqaviy integratsiya ustuvor ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0