https://oz.sputniknews.uz/20230413/mirziyoev-erdoganga-turk-elektromobili-uchun-minnatdorlik-bildirdi-33852773.html
Mirziyoyev Erdog‘anga turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi
Mirziyoyev Erdog‘anga turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.
2023-04-13T08:09+0500
2023-04-13T08:09+0500
2023-04-13T12:22+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/10/32945973_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6c8466cc3e7f0dd9a64e692e110092a1.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.O‘zbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevga Turkiyada “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil taqdimot qilingan edi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/10/32945973_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_472c5e038e624d0879087ab466c1d9aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston turkiya
Mirziyoyev Erdog‘anga turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi
08:09 13.04.2023 (yangilandi: 12:22 13.04.2023) Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Davlat rahbari qardosh Turkiya prezidenti va xalqini katta texnologik g‘alaba – mamlakatda zamonaviy elektromobillarni sanoat usulida ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Telefon muloqoti yakunida Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bo‘lajak referendumni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevga Turkiyada “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil taqdimot
qilingan edi.