Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 13-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoysi ChVK "Vagner" gotovat protivotankovuyu upravlyayemuyu raketu (PTUR) k obstrelu pozitsiy VSU v Artyomovske.
Boysi ChVK Vagner gotovat protivotankovuyu upravlyayemuyu raketu (PTUR) k obstrelu pozitsiy VSU v Artyomovske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Artyomovskda "Vagner" hujum otradlari UQKni shahrining markaziy kvartallaridan siqib chiqarmoqda. Ularga qanotlarda havo-desant bo‘linmalari yordam bermoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka, Timkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining 35 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita avtomobili, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi Lugansk Xalq Respublikasining Chervonaya Dibrova, DXRning Terna va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 80 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Nevskoe aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 66-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Vagner" hujum otradlari Artyomovsk shahrining markaziy kvartallaridan dushmanni siqib chiqarish bo‘yicha shiddatli janglar olib bormoqda. Havo-desant qo‘shinlari hujum otradlari ularga chap va o‘ng qatnotlarda yordam bermoqda va UQK zaxiralarini yetkazib berish va dushman bo‘linmalarining Artyomovskdan chekinish imkoniyatini to‘sib qo‘ymoqda.
DXRning Kalinovka, Nikolayevka va Stupochki aholi punktlari hududlarida "Janub" qo‘shinlar guruhi Ukraina Qurolli kuchlarining askarlari va texnikasi to‘plangan joylariga zarba berdi.
Artyomovsk hududida so‘nggi 24 soat ichida Rossiya Aerokosmik kuchlarining samolyotlari 12 marotaba parvoz amalga oshirdi, raketa qo‘shinlari va artilleriya 57 o‘t ochish nuqtasini bostirdi.
Donesk yo‘nalishida dushmaning bir sutkadagi jami yo‘qotishlari 300 nafar harbiy xizmatchi, bitta BMP, oltita zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, D-20 gaubitsasi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Janubiy-Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi artilleriya zarbalari yordmidv DXRning Ugledar, Poltavka, Zaporojye viloyatining Verxnyaya Tersa va Omelnik aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarinining 20 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, Msta-B gaubitsasi yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatining Gulyaipole qishlog‘i yaqinida 102-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 35 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi yordamida Ukraina Qurolli kuchlarining 124 ta pozitsiyada joylashgan 97 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan sutka davomida HIMARS (AQSh) ko‘p raketa raketa tizimining 9 ta raketasini tutib oldi.
Lugansk Xalq Respublikasining Chervonaya Dibrova, DXRning Kremennaya, Pshenichnoe, Rubejnoe, Kirillovka va Volnovaxa aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 6 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainaning jami 407 ta samolyoti, 228 ta vertoloti, 3 747 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa kompleksi, 8 659 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1082 ta ko‘p raketali tizimlarining jangovar mashinalari, 4576 ta dala artilleriyasi va minomotlari, shuningdek, 9487 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0