Flagi stran uchastnikov zasedanie ministrov inostrannix del sodrujestva nezavisimix gosudarstv v Samarkande 14-aprelya 2023goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Samarqand — 2023
2023 yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida, 13-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

G‘arb Afg‘onistonga qarshi bir tomonlama sanksiyalarini bekor qilishi kerak — Xitoy

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del KNR Sin Gan vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim v ramkax chetvertoy ministerskoy konferensii stran-sosedey Afganistana v otele "Minon" v Samarkande. Na meropriyatii 13-aprelya s uchastiyem Rossii, Kitaya, Irana, Pakistana, Tadjikistana, Turkmenistana i Uzbekistana planiruyetsya sverka pozitsiy stran-uchastnis na afganskom napravlenii.
Ministr inostrannix del KNR Sin Gan vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim v ramkax chetvertoy ministerskoy konferensii stran-sosedey Afganistana v otele Minon v Samarkande. Na meropriyatii 13-aprelya s uchastiyem Rossii, Kitaya, Irana, Pakistana, Tadjikistana, Turkmenistana i Uzbekistana planiruyetsya sverka pozitsiy stran-uchastnis na afganskom napravlenii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston hamkorlikning yangi platformasiga aylanishi kerak, dedi Xitoy TIV rahbari.
SAMARQAND, 13 apr — Sputnik. AQSh va boshqa G‘arb davlatlari Afg‘onistonga qarshi bir tomonlama sanksiyalarini bekor qilishi kerak, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston qo‘shni davlatlari vazirlari uchrashuvida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Biz Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari Afg‘onistonga nisbatan qo‘llagan bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishini talab qilamiz”, - dedi u matbuot anjumanida.

Sin Ganning ta’kidlashicha, Pekin Sovuq urush tafakkuriga mos ravishda ishlab chiqilayotgan choralarga keskin qarshi. Shuningdek, u XXR urushayotgan bloklar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirishga qaratilgan strategiyalarni qabul qilmasligini ta’kidladi.
“Afg‘oniston hamkorlikning yangi platformasiga aylanishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Xitoy TIV rahbari.
Sin Gan, shuningdek, mintaqa davlatlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti va BMTning afg‘on muammosini hal etishdagi o‘ta muhim rolini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqi ham Samarqandga kelgan, lekin u faqat TIV rahbarlari bilan alohida uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Tadbirda qo‘shni davlatlar afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini solishtirishi, Afg‘onistonda gumanitar vaziyatni yaxshilash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, terrorchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kun tartibiga, shuningdek, Afg‘onistonda inson huquqlarini hurmat qilish va mamlakatning barcha etnik va siyosiy kuchlari manfaatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat yaratish orqali umumafg‘on ichki yarashuv jarayonini davom ettirish masalalari ham kiritilgan.
Bu Afg‘oniston bo‘yicha vazirlarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Ushbu formatdagi birinchi uchrashuvi 2021-yil sentabr oyida videokonferensiya formatida, ikkinchisi – 2021-yil oktabr oyida Tehronda, uchinchisi – 2022-yilning mart oyida Xitoyning Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0