Yoshlar uchun hududlarda “Kreativ park”lar tashkil etiladi

© Depositphotos.com / RawpixelProgrammist v protsesse raboti
Programmist v protsesse raboti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Ularga IT-park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qo‘llanadi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Yoshlar uchun hududlarda “Kreativ park”lar tashkil etiladi. Bu haqda yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil qilinishi belgilandi. Jamg‘armaga 100 million dollar yo‘naltirilib, bu mablag‘lar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g‘oya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur bo‘lsa foizsiz ajratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023

“IT-parklar bo‘yicha tajribadan kelib chiqib, hududlarda “Kreativ park”lar ham tashkil etiladi. Ularga IT-park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qo‘llanadi”, - deyiladi xabarda.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari ham ko‘proq kasb o‘rgatishga, bandlikni ta’minlashga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois endi bu jamg‘arma orqali turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratilishi belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Davlat ko‘magiga muhtoj yoshlar har bir vazir va uning o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga nomma-nom biriktirildi. Ular o‘z himoyasidagi o‘g‘il-qizlarning kasb-hunar o‘rganishiga, kredit, subsidiya va kafillik olish orqali bandligiga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid:

Vazirlar va hokimlar Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqadi.
Kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi.
Yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi.
Prezident: yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi.
Yangiliklar lentasi
0