https://oz.sputniknews.uz/20230412/sergey-lebedev-33811334.html
Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga keldi
Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga keldi
Sputnik O‘zbekiston
MDH kuzatuvchilari missiyasi 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi. 12.04.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-04-12T11:26+0500
2023-04-12T11:26+0500
2023-04-12T12:56+0500
referendum — 2023
siyosat
sergey lebedev
o‘zbekiston
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33816913_0:125:3072:1853_1920x0_80_0_0_5bc276cafd92d95bc1d9a2b2347de932.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Markaziy saylov komisiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev referendumni kuzatish bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev bilan uchrashdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendum tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qonunchilik talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.Shuningdek, missiya rahbari referendum jarayonlarini kuzatish bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi a’zolari tarkibi, kuzatuvchilarning mamlakatda faoliyat olib borish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.Ta’kidlanishicha, missiyasi tarkibi MDHga a’zo davlatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va saylov organlari, shuningdek, MDH hududida faoliyat yurituvchi Hamdo‘stlik organlari va integratsiya birlashmalari vakillaridan iborat tashkil topdi. MDH kuzatuvchilari missiyasi tomonidan referendum milliy qonunchiligiga va O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligi to‘g‘risida bayonot tayyorlanadi.MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikaning bir qator referendum uchastkalarida bo‘lib, referendum yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0c/33816913_199:0:2930:2048_1920x0_80_0_0_2f07cd59e1098e7d568cf78d28397ae4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, sergey lebedev, o‘zbekiston, referendum
siyosat, sergey lebedev, o‘zbekiston, referendum
Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga keldi
11:26 12.04.2023 (yangilandi: 12:56 12.04.2023) MDH kuzatuvchilari missiyasi 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Markaziy saylov komisiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev referendumni kuzatish bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendum tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qonunchilik talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, missiya rahbari referendum jarayonlarini kuzatish bo‘yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi a’zolari tarkibi, kuzatuvchilarning mamlakatda faoliyat olib borish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, missiyasi tarkibi MDHga a’zo davlatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va saylov organlari, shuningdek, MDH hududida faoliyat yurituvchi Hamdo‘stlik organlari va integratsiya birlashmalari vakillaridan iborat tashkil topdi. MDH kuzatuvchilari missiyasi tomonidan referendum milliy qonunchiligiga va O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligi to‘g‘risida bayonot tayyorlanadi.
MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikaning bir qator referendum uchastkalarida bo‘lib, referendum yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.