Qashqadaryoda yangi piyoz navi pishib yetilmoqda

Obuna bo‘lish
Piyoz urug‘lari aprelning ikkinchi yarmi, mayning birinchi o‘n besh kunligida pishib yetiladi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Qashqadaryoda yangi piyoz navi parvarishlanmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi mutaxassislari Koreyadan keltirilgan yangi piyoz navlarini o‘tgan yilning sentabr oyida urug‘lik uchun ekishgan. Ayni paytda ushbu piyoz navi pishib yetilmoqda.
Bu piyoz navining o‘suv davri 110-115 kunni tashkil etadi. Bundan tashqari piyozboshi eti oq, yupqa hamda sersuv hisoblanadi.
Piyoz urug‘lari aprelning ikkinchi yarmi, mayning birinchi o‘n besh kunligida pishib yetiladi. Ushbu sabzavotning har gektaridan o‘rtacha 68-70 tonna hosil olish mumkin.
Ta’kidlanishicha, mazkur navning yana bir afzallik tomonlaridan biri ertapisharligi hamda keyingi sabzavot ekinlariga yerni bo‘shatib berishidir.
Yangiliklar lentasi
0