Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 12-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyes ChVK "Vagner" v sentre Artemovska.
Boyes ChVK Vagner v sentre Artemovska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Pershotravneve va Berestovoe, Lugansk Xalq Respublikasining Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 30 dan ortiq harbiy xizmatchisi, ikkita avtomobili, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" va AQShda ishlab chiqarilgan "Paladin" o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Sinkovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta qo‘poruvchilik-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Chervonopopovka, Nevskoe va Chervonaya Dibrova, DXRning Grigorovka va Terni aholi punktlari hududlarida dushmanning 80 dan ortiq harbiy xizmatchisi, 4 ta zirhli jangovar texnikasi, 3 ta boshia texnika, shuningdek, D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishi, Artemovskda "Vagner" hujum otradlari shaharning uchta kvartaligi egallab oldi. Havo-desant kuchlari bo‘linmalari hujum otradlari qanotlarida dushmanning harakatlarini to‘sib qo‘yishdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhining tezkor-taktik aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi Chasov Yar va Bogdanovka aholi punktlaridan Artemovskga kirishga uringan dushman zaxiralariga, shuningdek, 28-mexaniklashtirilgan brigadaning bo‘linmalariga zarba berdi.
Rossiya aviatsiyasi so‘nggi 24 soat ichida ushbu hududda 8 ta parvozni amalga oshirdi, guruh raketa qo‘shinlari va artilleriyasi 52 ta o‘t ochish nuqtasini yo‘q qilish missiyasini bajardi.
Artyomovskda (Baxmut) dushman yo‘qotishlari 245 dan ortiq harbiy xizmatchilar, bitta tank, zirhli transport vositasi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta pikap, sakkizta yengil avtomobil, "Msta-B" gaubitsasi, ikkita D-20 gaubitsasi va uchta "Grad" reaktiv tizimini tashkil etdi.
Janubiy-Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi DXRning Ugledar, Gulyaypole va Zaporojye viloyatining Orexov aholi punktlari hududlarida UQKning kuchlariga zarba berdi, Orexovoda UQKning 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
DXRning Pavlovka va Novoselka aholi punktlari hududlarida dushmanning ikkita diversion razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi. Bu hududlarda kun davomida 180 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, 11 ta texnika, shuningdek, D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 50 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina va oltita texnika yo‘q qilindi. Bundan tashqari, Xerson viloyatining Otradokamenka posolkasi hududida 121-hududiy mudofaa brigadasining harbiy-texnikaviy jihozlar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi bir sutkada 117 ta hududda joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining 94 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Rossiya qiruvchi samolyoti DXRning Krasniy Liman qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan kun davomida HIMARS (AQSh) raketa tizimining ikkita raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Novokrasnyanka, Naugolnoe, Kremennaya, Chervonopovka va Donesk Xalq Respublikasining Yelenovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 407 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3 741 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8 647 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 082 ta yoppasiga reaktiv o‘t ochish tizimlarining jangovar texnikasini, 4570ta dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 9483 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0