Markaziy Osiyo futboli Rossiya terma jamoasi ishtirokiga qiziqish bildirdi

© pixabay.com/AnnRosFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2014-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari kiradi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga (CAFA) a’zo barcha jamoalar Rossiya jamoasining yozgi o‘rtoqlik turnirida ishtirok etishiga qiziqish bildirishdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Barcha CAFA jamoalari futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining birinchi chempionatida ishtirok etishiga qiziqish bildirishdi”, — deyiladi CAFA matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Tojikiston futbol federatsiyasi RIA Novostiga Rossiya terma jamoasi CAFA turnirida ishtirok etishini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Rossiya futbol ittifoqi terma jamoaning ishtirok etish imkoniyati va shartlari hozircha muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dukovning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy qaror aprel oyida qabul qilinadi.
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2014-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari kiradi. 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida tarixda ilk bor CAFA chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0