AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli global dollardan voz kechish bashorat qilindi

© Sputnik / Vera Golosova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Obuna bo‘lish
Jeyms Rikards: Amerikaning sanksiyalar siyosati dunyoda yetakchi to‘lov valyutasi sifatida “qirol-dollar hukmronligi”ning tugashini tezlashtirdi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. AQShning Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari mamlakatlarning dollardan foydalanishdan voz kechish jarayonini tezlashtirdi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq maslahatchisi Jeyms Rikards ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq maslahatchisi Jeyms Rikardsning "Daily Reckoning" nashrida chop etilgan maqolada AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli global dollardan voz kechishini bashorat qildi.

“Moskvaga nisbatan misli ko‘rilmagan iqtisodiy cheklovlar, jumladan, uni global SWIFT tizimidan uzib qo‘yish boshqa mamlakatlarga, agar Vashington ularning xatti-harakatlarini ma’qullamasa, Qo‘shma Shtatlar ham ularga o‘xshash ishlarni amalga oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi”, — dedi u.

Ekspertning fikricha, Amerikaning sanksiyalar siyosati dunyoda yetakchi to‘lov valyutasi sifatida “qirol-dollar hukmronligi”ning tugashini tezlashtirdi.
Kelajakda dedollarizatsiya jarayoni faqat tezlashadi va Oq uyning Rossiyaga qarshi siyosati buning asosiy katalizatoriga aylandi, deya qo‘shimcha qildi u.

“Tovar va xizmatlar savdosi to‘g‘risidagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlarni AQSh dollarida tuzmaslik to‘g‘risidagi bayonotlar bot-bot yangarmoqda”, — dedi Rikards.

AQSh valyutasidan voz kechish istagi hatto dollarga nisbatan “salib yurishi”ga qo‘shilgan Keniya kabi kichik iqtisodiyotlarga ham xosdir, deya xulosa qildi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq maslahatchisi.
Yangiliklar lentasi
0