Vazirlar va hokimlar Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti. Illyustrativnoe foto
Studenti. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytildi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Shuningdek, grant asosida o‘qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan.
Professional ta’limda ham, o‘tgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan bo‘lsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.
Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmog‘idagi kasblarga malaka talabini o‘zi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga o‘rta maxsus, 30 foiziga oliy ma’lumot talab etiladigan tizim bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi aytildi.
Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida o‘zining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga e’lon qilishi va yil yakunida natijalari bo‘yicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0