Endi chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga ham iste’mol krediti beriladi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaZnak protsenta v vitrine.
Znak protsenta v vitrine. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekistonda endi chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga iste’mol krediti beriladi. 10-aprel kuni prezident imzolagan qonun bilan "Iste’mol krediti to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra:
moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin;
moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq O‘zbekistonda import tovarlari uchun iste’mol kreditlari berilishi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0