Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Zaporojyeda to‘plangan Ukraina tank brigadasiga zarba berdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota SAU "Msta-S" v Yujnom sektore SVO
Boyevaya rabota SAU Msta-S v Yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 70 kishiga yetgan, yana 100 ga yaqin kishi og‘ir jarohat olgan.
TOShKENT, 10 apr - Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Ukrainaning Lvov tankchilar brigadasining Zaporojye viloyati, Orexovodagi pozitsiyalarini yo‘q qildi.
10 aprelga o‘tar kechasi Rossiya artilleriyasi Zaporojye yo‘nalishida Orexovodan janubi-g‘arbda Ukraina Qurolli kuchlarining 65-Lvov mexanizatsiyalashgan brigadasi pozitsiyalariga hujum qildi.

Kalibri 152 mm bo‘lgan "Msta-S" va "Giatsint-B" qurollari, shuningdek, raketa artilleriyasi bilan ikkita nuqtada joylashgan nishonlarga zarba berish natijasida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari kamida oltita tanki, uchta BMP-1 va jihozlarni tashish uchun to‘rtta fuqarolik yuk mashinasini yo‘q qilindi.

Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan texnika va o‘q-dorilarni saqlash uchun foydalaniladigan "Orexovskiy" non zavodi hududiga artilleriya zarbasidan so‘ng voqea joyiga UXX va Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Yaqin atrofda yashaydigan aholining telefonlari, kompyuterlari va videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar olib qo‘yila boshlangan.
Harbiy texnika, tank o‘q-dorilari, piyoda askarlarning jangovar mashinalari va tankka qarshi "Javelin" raketa tizimlari saqlanadigan joyga tez yordam mashinalari hamon kelmoqda. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining tank ekipajlari va yordamchi kompaniyaning harbiy xizmatchilari joylashgan qo‘shni turar-joy artilleriya zarbalari ostida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 70 kishiga yetgan, yana 100 ga yaqin kishi og‘ir jarohat olgan.
Yangiliklar lentasi
0