Ostonadagi Osiyo chempionatining ilk kunida o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta medalga ega chiqdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiKurashchilar birinchi kunni uchta medal bilan yakunlashdi
Kurashchilar birinchi kunni uchta medal bilan yakunlashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Kurashchilar birinchi kunni uchta medal bilan yakunlashdi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Ostona shahrida (Qozog‘iston) o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
63 kilogrammgacha vaznning finalida kurashgan Shermuhammad Sharibjonov eronlik Imron Muhammadiga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqdi.
Ixtiyor Botirov (-55 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) bronza medali uchun kechgan bahsni muvaffaqiyatli yakunlab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.
Yangiliklar lentasi
0