Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 10-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO
Rabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhini LXRning Rozovka, Sinkovka, Timkovka, Kraxmalnoe, Pershotkivne va Pershotravne aholi punktlari hududlarida dushmanning 30 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar texnikasi, uchta avtomashinasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xarkov viloyatining Staritsa qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhining zarbalari natijasida DXRning Terniy, Torskoe, Serebranka, Lugansk Xalq Respublikasining Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida 120 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, beshta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
LXRning Novolyubovka aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 66-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhining faol harakatlari natijasida so‘ngi sutkada UKQning 290 dan ortiq harbiy xizmatchilari, beshta zirhli jangovar mashinasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi "Msta-B" va D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi
DXRning Kramatorsk shahri yaqinida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi Zaporojye viloyatining Malaya Tokmachka, Chervonaya Krinitsa va Preobrajenka aholi punktlari hududlarida UQKning 50 tagacha askari, zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi
Xerson yo‘nalishida 40 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, 15ta mashina, AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya tizimi, D-30 gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 102 ta hududda joylashgan 134 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Yampolovka va Xerson viloyatining Novoberislav aholi punktlari hududlarida 125 va 126-hududiy mudofaa brigadalarining qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida HIMARS (AQSh) ko‘p raketali tizimining ikkita raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Naugolnoe, Chervonopopovka, Xarkov viloyatining Tokarevka, DXRning Vesoloe, Peski, Blagoveshchenka va Opitnoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 11 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 406 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3 727 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8 608 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 078 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 55 ta raketa maydoni, 4554 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9414 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0