Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tug‘ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo‘ladimi?

© Depositphotos.com / PaulaphotoSerdechniy pristup u molodogo mujchini
Serdechniy pristup u molodogo mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, tug‘ma yurak nuqsonlarining turlari juda ko‘p. Shu bois davolash ishlari kasallikning turiga qarab belgilanadi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Tug‘ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo‘ladimi? Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimjon Abrolov javob berdi.
Ta’kidlanishicha, tug‘ma yurak nuqsonlarining turlari juda ko‘p. Shu bois davolash ishlari kasallikning turiga qarab belgilanadi.
“Farzandi ushbu xastalik bilan tug‘ilgan ko‘pchilik ota-onalarda vaqt o‘tgach, kasallik o‘z-o‘zidan yopilib ketadi, degan tushuncha bor. To‘g‘ri, ayrim nuqsonlar yopilib ketishi mumkin. Xususan, ochiq arterial protok — shunday turlardan biri”, - dedi professor.
Qayd etilishicha, bola olti oylik bo‘lgunicha, organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar tufayli bu tug‘ma yurak nuqson turi kichik hajmda bo‘lsa, o‘z-o‘zidan yopilib ketish imkoni bo‘ladi. Biroq hammasi emas. Shu bois tug‘ma yurak nuqsoni aniqlangandan so‘ng, uni “o‘zi yaxshi bo‘lib ketadi” deya kutish va asoratlari chuqurlashib, operatsiya qilib bo‘lmaydigan holga olib kelmaslik zarur.
Professorning aytishicha, bu dardni faqat jarrohlik amaliyoti bilangina davolash mumkin. Shu bois kasallikni erta aniqlab, doimiy nazoratda bo‘lish maqsadga muvofiq.
Yangiliklar lentasi
0