Ostonada o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida Sharibjonov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiQozog‘istonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida Sharibjonov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida Sharibjonov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, yana 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi bronza medali uchun bahs olib boradi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Qozog‘istonda boshlangan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kunida medallar uchun gilamga chiqadigan polvonlar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tayotgan bahslarda Shermuhammad Sharibjonov (-63 kg) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yana 3 nafar o‘zbekistonlik sportchi bronza medali uchun bahs olib boradi. Juftliklar:
Final:
-63 kg: Shermuhammad Sharibjonov (O‘zbekiston) - Iman Hosseyn Muhammadi (Eron).
Bronza medali uchun:
-55 kg: Ixtiyor Botirov (O‘zbekiston) - Tayga Onishi (Yaponiya);
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (O‘zbekiston) - Atabek Azisbekov (Qirg‘iziston);
-130 kg: Temurbek Nasimov (O‘zbekiston) - Roman Kim (Qirg‘iziston).
Yangiliklar lentasi
0