Ziroat Mirziyoyeva namanganlik bolalar bilan uchrashdi — foto

Obuna bo‘lish
“Zamin” fondi tomonidan Namanganda inklyuziv IT-oromgoh tashkil qilindi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Ziroat Mirziyoyeva Namangan viloyatining 46-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi bolalar bilan uchrashdi. Bu haqda "Zamin" fondi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Zamin" fondining ko‘magi bilan maktabning barcha o‘quvchilari tashxisdan o‘tkazilib, ularga eshitishni protezlash amaliyoti bajarildi.
Shuningdek, maktab zamonaviy assistiv uskunalar bilan ta’minlandi, informatika sinfi jihozlandi, robototexnika to‘plamlari yetkazildi. Informatika o‘qituvchilari maxsus metodologiya asosida o‘qitildi.
"Zamin Education" loyihasi doirasida "Zamin" fondi va " Digital Generation Uzbekistan" NNM "Raqamli Avlod Qizlari – 2023" respublika inklyuziv IT-oromgohini o‘tkazishdi.
Tadbirda 72 nafar qiz ishtirok etdi. Ular besh kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirib, tanlov dasturlarida qatnashishdi. So‘ng o‘z loyihalarini tanlovga taqdim etishdi.
"IT-oromgoh ishtirokchilari mehmonlarga o‘z natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berishdi. Tanlovning "Digital art" yo‘nalishidagi g‘oliblar orasida 46-son ixtisoslashtirilgan maktabdan Usmonova Malika ham bor", deyiladi xabarda.
© "Zamin" fondi
Ziroat Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© "Zamin" fondi
Ziroat Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© "Zamin" fondi
Ziroat Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© "Zamin" fondi
Ziroat Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© "Zamin" fondi
Ziroat Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Yangiliklar lentasi
0