Toshkentga olib kelingan “garmoshka” avtobuslar qanday afzalliklarga ega — video

© Sputnik /Dostonbek RahmatullayevAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
Yutong elektrobusining uzunligi 12 metrga, King long avtobusi esa 18 metrga teng.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonga Xitoydan olib kelingan King long avtobusi jami 151 nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan va u 10 ta ballon harakati bilan yuradi. Bu haqda Sputnik muxbiri ma’lum qildi.
Yutong elektrobusining uzunligi 12 metrga, King long avtobusi esa 18 metrga teng.
King long avtobusi - jami 151 nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan. Shundan 39 o‘rindiq, 111 ta turish, 1 ta nogironligi bor shaxs uchun joy ajratilgan. Avtobus 10 ta ballon harakati bilan yuradi.
Yutong elektrobusi - jami 88 nafar yo‘lovchini sig‘diradi. Shundan, 32 ta o‘rindiq, 55 ta turish, 1 ta nogironligi bor shaxs uchun joy ajratilgan.
© Sputnik /Dostonbek RahmatullayevToshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov
Yangi Yutong va King long rusumdagi yangi elektrobus va avtobuslarni qabul qilish marosimida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov so‘zga chiqdi.

“Preziden tashabbusi bilan “Yangi Toshkent” loyihasi ishga tushmoqda. Xitoy davlatidan keltirilgan yangi jamoat transportlari yangi Toshkentga yanada yarashadi. Qimmatbaho va qulay jamoat transportlari orqali biz inson qadrini ulug‘lab, mehnat koeffitsiyentini oshiramiz”, dedi Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov.

Elektrobus haydovchisi Kamoliddin Halilovning so‘zlariga ko‘ra, elektrobuslar har taraflama tejamkor va qulay. 3 soat davomida quvvat oladi. Shu quvvatda 300-350 km masofa yo‘l yuradi. Qish faslida anomal sovuqda ham tezlik kamaymaydi. Transportlar sinovdan o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0