Misr Isroil va Falastin o‘rtasida keskinlikni yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

© REUTERS / Suhaib SalemVVS Izrailya unichtojili visotku v Gaze, v kotoroy naxodilis ofisi amerikanskogo informagentstva Associated Press i katarskogo telekanala Al Jazeera
VVS Izrailya unichtojili visotku v Gaze, v kotoroy naxodilis ofisi amerikanskogo informagentstva Associated Press i katarskogo telekanala Al Jazeera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
OAV: Misr delegatsiyasi Isroilga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rmoqda.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Misr Isroil va Falastin guruhlari o‘rtasida keskinlikni yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novosti Al-Arabiya telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Qohira isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida keskinlikni yumshatish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi”, — dedi manbalar.
Manbalarga ko‘ra, Misr delegatsiyasi sulh formulasini ishlab chiqish va kengaytirilgan muhokamalar o‘tkazish uchun Isroilga borishga hozirlik ko‘rmoqda.
Falastin OAVlari avvalroq xabar berganidek, Quddusdagi Al-Aqso masjidida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuv chog‘ida o‘nlab falastinliklar yaralangan.
Isroil politsiyasi Al-Aqsoda uyushtirilgan reyd natijasida 350 kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Isroilning xatti-harakatlari allaqachon Iordaniya va Misr tomonidan qoralangan.
Yangiliklar lentasi
0